Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadordagi jamoalardan biri 1:44 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin ligadan chetlatildi
Futbol bo‘yicha Ekvador chempionatining ikkinchi divizionida «Indi Neytiv» jamoasi «Pelileo» jamoasiga 1:44 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda El Comercio xabar tarqatdi.
Bunday natijadan keyin liga rahbariyati «Indi Neytiv» jamoasini quyi divizionga surgun qilgan. Qarorning sababi sifatida jamoaning 2,4 ming dollarlik to‘lovni amalga oshirmagani keltirilsada, aslida bunga Ekvador futboli tarixidagi eng yirik hisob qayd etilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, dunyo futboli tarixidagi eng yirik hisob 2002 yilda qayd etilgan. O‘shanda Madagaskar chempionati vakili SOE «Adema»ga qarshi o‘yinda o‘z darvozalariga nohaq ravishda penalti belgilanishi tufayli norozilik aksiyasini o‘tkazgan va o‘z darvozasiga 90 daqiqa davomida 149ta gol urishga ulgurgandi.