Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: agar vizasiz tartib kiritilmasa, Turkiya YeI bilan migratsion kelishuvdan voz kechadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an agar Turkiya uchun Yevropa bilan vizasiz tartib kiritilmasa, Yevropa Ittifoqiga migratsion kelishuvdan voz kechish bilan tahdid qilmoqda. Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqiga turk fuqarolari uchun vizalar 30 iyungacha bekor qilinishi kerakligini eslatib o‘tdi.
"Agar vizani bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinmasa, Turkiya parlamenti Yevropa Ittifoqi bilan migratsion kelishuvni ma'qullamaydi", deb aytdi siyosatchi.
Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi tomondan Anqaraga qo‘yilayotgan talablarning asossiz ekanligini aytdi. Shu bilan birga u Yevropa Lotin Amerikasi davlatlariga vizalarning bekor qilinishi uchun hech qanday talablar qo‘ymayotganiga e'tiborni qaratdi. "Nima uchun qandaydir mezonlarning bajarilishini bizdan talab qilishmoqda? Biz ma'lum vaqtgacha kutamiz, sabr qilamiz, biroq keyin "ma'zur tutasiz" deymiz", deb Turkiya prezidenti aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi RIA “Novosti” axborot agentligi.
Eslatib o‘tamiz, 18 martda Bryusseldagi sammitda Anqara va Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvga erishilgan. Turkiya o‘shanda Gretsiyaga Turkiya orqali kelayotgan muhojirlarni to‘xtatishga rozi bo‘lgan, biroq buning evaziga Yevropa Ittifoqidan o‘z fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilishni talab qilgan.