Jahon | 20:06 / 25.05.2016
5380
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi toshqinlar sabab uch qavatli bino suvga quladi

Xitoy janubidagi toshqinlar sabab uch qavatli bino qulab tushdi.

Qirg‘oqdan chiqib ketgan suv, imorat poydevorini qoplab olgan. Binoning qulashini mahalliy aholidan biri o‘z mobil telefoni orqali tasvirga tushirdi. Rolikdan ko‘rinib turibdiki, suv bilan qoplangan bino 10 soniya ichida qulab tushgan.

Binoda odamlar yashashmas edi, shu sabab qurbonlar bo‘lmagan. Voqea joyiga yetib kelgan komissiya moddiy zarar qiymatini aniqlashga kirishgan.
Qulab tushgan bino qoldiqlari atrofdagi boshqa inshootlarga zarar yetkazgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish