Jahon | 07:10 / 25.05.2016
3414
1 daqiqa o‘qiladi

Xyustonda yo‘lovchi samolyot parvozi bomba haqidagi qo‘ng‘iroq sababli ushlab qolindi

24 may kuni AQShning Xyuston shtatida Delta Air Lines aviakompaniyasining  yo‘lovchi samolyoti parvozi ushlab qolindi. Bunga samolyotning minalashtirilgani haqidagi anonim xabar sabab bo‘ldi: noma'lum kimsa Jorj Bush nomidagi aeroportga telefon qilib, parvozga shay turgan samolyot bortida bomba borligini aytgan.

Oqibatda yo‘lovchilar salondan chiqarilgan, ularning yuklari tekshirish uchun samolyotdan tushirilgan. Politsiyachilar va sapyorlar samolyotni portlovchi modda borligiga tekshirishgan.

Bundan avvalroq Los-Anjyeles politsiyasi Xyustondan uchib kelgan yo‘lovchi samolyotida bomba qidirayotgani ma'lum bo‘lgandi. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, tahdid soxta bo‘lib chiqqan.