20:20 / 25.05.2016
9383

Hindistonliklar quchoqlashib turish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishdi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtati aholisi quchoqlashish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi: bir daqiqa ichida 79 kishi o‘zaro quchoqlashdi. Bu haqda Guinness World Records sayti xabar bermoqda.

Buning uchun, 88 nafar maktab o‘quvchisi qator bo‘lib turishdi va mahalliy aholi vakillaridan biri Krishna Kumar bilan quchoqlashish uchun yugurishdi. Yigit bilan bir daqiqa ichida 83 nafar o‘quvchi ko‘rishishga ulgurdi. Ammo Ginnes rekordlar kitobi vakili 79 kishini sanashga ulgurdi xolos.

Kumar bu ishtiroki bilan Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi.

Bundan oldingi rekord 2014 yilda Avstraliyada o‘rnatilgan edi. O‘shanda bir daqiqa ichida 77 nafar kishi o‘zaro quchoqlashishgan edi.

Top