Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada qirg‘oqlarida ikkita noyob ko‘k lobster tutib olindi
Kanada qirg‘oqlarida birdaniga ikkita noyob ko‘k lobster tutib olindi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri. Bu Yangi Shotlandiya viloyatida yuz berdi.
Bleyn Marsh va Skott Makkinnon turli joylarda baliq ovlashayotganda noyob rangdagi qisqichbaqalarni tutishga muvaffaq bo‘lishdi. Ko‘k omarni tutish imkoniyati millionga bir sifatida baholanadi, deb eslatmoqda gazeta.
"Baliqchilar uchun bu omad belgisi", deb aytdi Marshning onasi Meri. U bu yilgi "omar mavsumi" omadli bo‘lishiga umid bildirdi. Lobsterga Qoravoy deb laqab berishdi va qo‘yib yuborishdi.
Makkinnon tutgan omarga esa Opal deb laqab berildi. Kanadalikning aytishicha, u lobsterni mavsum oxirigacha o‘zida qoldirib, so‘ngra qo‘yib yubormoqchi. "Biz omadni yana okeanga qo‘yib yuboramiz", deb va'da berdi erkak.