O‘zbekiston | 22:20 / 25.05.2016
7527
2 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta O‘zbekistonning agrar sohasida muhim tadbir bo‘lib o‘tadi

"O‘zekspomarkaz" ko‘rgazma majmuasida 31 maydan 3 iyunga qadar qishloq xo‘jalik texnikasining Uzbekistan Agrotech Expo-2016 va Uzbekistan Agromash Expo-2016 nomi ostida ikkita maxsus ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida «O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiya va uskunalarning yetakchi xalqaro va mahalliy ishlab chiqaruvchilari, shuningdek respublika mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy dasturlariga kiritilgan fermer xo‘jaligi, agrofirmalar, tadbirkorlar ishtirok etishadi. 

Ko‘rgazmadagi ishtiroki doirasida agrar sanoati uchun texnologiya va uskunalarni olib kirishni amalga oshiruvchi kompaniyalar ko‘rgazma savdosida tuzilgan shartnomalarni bajarishda qator imtiyozlardan foydalanishadi. Jumladan, mini-texnologiyalar va kompakt uskunalar namunalarini rasmiylashtirish soliq to‘lovlarisiz amalga oshiriladi. 

Shuni ta'kidlash joizki, Uzbekistan Agromash Expo-2016 ko‘rgazmasida tuzilgan shartnomalar asosida O‘zbekistonning xo‘jalik sub'yektlariga  qishloq xo‘jalik texnikasi, mashinalar va uskunalarni tender savdolarsiz qo‘lga kiritishga ruxsat berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish