Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi startap virtual reallik kurtkasini taqdim qildi
Machina kompaniyasi harakat datchiklari, sensor kontrollyorlar va taktil teskari aloqa texnologiyasiga (gaptiv texnologiya) ega vibromotor bilan jihozlangan virtual reallik kurtkasini taqdim qildi. Bu haqda IEEE Spectrum ma'lum qildi.
Qurilma OBE (Out of Body Experience) deb nom oldi va uni ishlab chiquvchilar fikricha, geymerlarga mo‘ljallangan. VR-kurtka yaratuvchilari Macina gadjyeti bilan mos keladigan o‘yinlarni yaratish uchun dasturiy ta'minot ustida ishlashmoqda. Kompaniyaning kutishicha, OBE’ni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi o‘yinlar dekabrdayoq paydo bo‘ladi.
VR-kurtkaning birinchi avlodi 199 dollar turadi. Keyinroq Machina virtual reallik texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi shim va qo‘lqoplar ishlab chiqarmoqchi.