Texnologiya | 18:36 / 25.05.2016
5261
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft korporatsiyasi Lumia smartfonlarini tayyorlagan barchani ishdan bo‘shatadi

Microsoft korporatsiyasi Apple va Google Android smartfonlariga raqobatchilik qilishni to‘xtatganini tan oldi. Shu sabab korporatsiyaning smartfonlar ishlab chiqaruvchi bo‘limidan 1850 nafar xodim ishdan bo‘shatiladi. Zarar miqdori esa, 950 mln dollarni tashkil etmoqda.

Bu qaror Microsoft uchun kutilmagan qaror bo‘lmadi. Chunki korporatsiya anchadan buyon o‘zining Windows-smartfonlarini chiqarmay qo‘ygan edi. Ishdan bo‘shatilish ishlari 2017 yilga qadar davom etadi. Ulardan 1350 nafari Finlyandiyadagi Microsoft Mobile Oy, qolgan 500 nafari esa boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish