Sport | 22:25 / 25.05.2016
3674
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu» va Ibrahimovich o‘zaro shartnoma bo‘yicha kelishib olgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

«Pari Sen-Jyermen» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted»ga o‘tishga rozilik bergani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi.

Sky Sports nashrining 34 yoshli ushbu futbolchiga yaqin manbaga asoslanib xabar berishicha, futbolchi klub bilan hech qanday kelishuvga ega emas.

Xabarda aytilishicha, Ibrahimovich «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish bildirilgan markaziy hujumchi ampluasidagi futbolchilardan biri xolos.

Bundan oldinroq, Ibrahimovich «MYu» bilan «1+1» ko‘rinishida shartnoma tuzgani va 2 yil davomida u 34 mln funt ishlashi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan, qolaversa u Joze Mourino jamoaga bosh murabbiy bo‘lsa, kelgusida unga yordamchilik qilishi mumkinligi aytilgandi.

Ma'lumot uchun, iyul oyida Ibrahimovich erkin agentga aylanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish