Jahon | 19:42 / 25.05.2016
5034
1 daqiqa o‘qiladi

Olland: Savchenkoning ozod etilishi Minsk kelishuvlaridagi navbatdagi qadam

Fransiya prezidenti Fransua Olland ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning ozodlikka chiqib, vataniga qaytishini Minsk kelishuvlaridagi navbatdagi qadam sifatida baholadi. Bu haqda Yelisey saroyidagi manbaga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi.

Uchuvchining ozod etilishi, ya'ni uning Ukrainada asir tushgan rossiyalik harbiylarga almashtirilishi bo‘yicha kelishuvga 23 may kuni "normand to‘rtligi" formatida Ukraina, Fransiya, Rossiya va Germaniya rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan telefon muloqoti natijasida erishilgan.

"Fransiya prezidenti asirlar almashuvi bo‘yicha jarayon muvaffaqiyatli tarzda amalga oshganini qutlaydi", deyilgan xabarda.

Olland bu almashuv Minsk kelishuvlaridagi muhim voqeaga aylanganini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish