Sport | 14:34 / 25.05.2016
4772
1 daqiqa o‘qiladi

Putin germaniyalik futbolchi Noyshtedterga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Germaniyalik futbolchi Roman Noyshtedter Rossiya fuqarosiga aylandi. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu germaniyalik futbolchiga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

Bundan oldinroq, 28 yoshli bu futbolchi Leonid Slutskiy tomonidan 2016 yilgi Yevropa chempionatiga boradigan terma jamoa ro‘yxatiga kiritgandi.

"Shalke-04" futbolchisi Noyshtedter 2015 yili Rossiya terma jamoasi safida o‘ynash istagida ekanini bildirgandi va Germaniya fuqaroligini olishdan voz kechdi. Futbolchi 1988 yilning 18 fevralida Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida tug‘ilgan. U rus tilida erkin so‘zlasha oladi. Uning otasi Petr Noyshtedter ham professional futbolchi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish