15:14 / 25.05.2016
5196

Rostovda Savchenkoni rossiyalik asirlarga almashtirish jarayoni boshlandi

Rostov-Don shahri aeroporti hududida Rossiyada asirlikda bo‘lib kelgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni Ukraina qo‘lida asirlikda bo‘lgan rossiyalik harbiylar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almashish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda LІGA.net yuqori martabali ukrainalik amaldorga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, rossiyalik harbiylar Kiyevdan Rostovga uchishadi. Rostovga Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning samolyotida uchib keladi va bir necha soat ichida Nadejda Savchenko Kiyevga qaytarib olib ketiladi.

Mart oyida Rostov viloyatining Donetsk shahar sudi Nadejda Savchenkoni Donbassda rossiyalik jurnalistlarning o‘limida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi hamda Rossiya-Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun 30 ming rubllik jarimaga tortgandi.

Kiyevning Goloseyev tuman sudi esa Ukrainada qo‘lga olingan rossiyalik Yerofeyev va Aleksandrovni 14 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi.

Bundan oldinroq, Ukraina rossiyalik harbiy asirlar Yerofeyev va Aleksandrovni afv etgani xabar qilingandi.

Top