Jamiyat | 18:14 / 25.05.2016
6251
1 daqiqa o‘qiladi

Shaya Labaf san'at uchun AQSh bo‘ylab avtostopda jo‘nadi

Hollivud aktyori Shaya Labaf san'at uchun AQSh bo‘ylab avtostopda jo‘nadi, deya xabar beradi People. 

"Transformerlar" filmi yulduzi bilan birga sayohatga uning hamkasb do‘stlari Lyuk Terner va Nastya Ronkko ham yo‘l oldi. 

Ular Layonsdan (Kolorado) 23 may kuni chiqib ketishdi. Labaf va uning hamrohlari haqida ular tvitter yoki #TakeMeAnywhere saytida chop etayotgan GPS-koordinatalar orqali kuzatish mumkin. 

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadi - do‘stlar orttirish va hayotning ma'nosini topish. Labaf shuningdek yo‘lda uchragan notanish kimsalar so‘ragan deyarli hamma iltimosini bajarishga va'da berdi. 

Bundan avval Labaf san'at uchun liftda 24 soatli sayohat uyushtirgan. Bundan tashqari, u ommaviy badiiy aksiya o‘tkazib, barcha xohlovchilar bilan telefonda suhbat qurishni taklif qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish