Savchenko Donbassdagi jang maydonlariga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi
Bugun ozodlikka chiqib, Kiyevga qaytib kelgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko armiya safiga qo‘shilishga tayyor ekani haqida ma'lum qildi.
"Men odamlar orasini tark etaman, shartakiligim uchun ma'zur tuting, lekin men erkin shaxsman. Men yana jang maydonlariga qaytib, Ukraina uchun qurbonlik keltirishni istayman", degan u Borispolga kelishi bilanoq o‘zini qurshab olgan jurnalistlar o‘rtasida turib.
Savchenko ukrainaliklar jabr chekmasligi uchun qo‘lidan keladigan barcha ishni qilishga tayyorligini bildirgan.
"Ukraina qahramoni o‘lmasligi kerak. Ular Oliy Radada Rossiya Davlat dumasidan mustaqil bo‘lishi kerak. Men sizlarga aytamanki, men har lahzada buning uchun jonimni berishga tayyor turaman", deya hayqirgan u.
Bundan oldinroq, Savchenkoning Kiyevdagi aeroportda irod qilgan nutqi videosi internetda tarqalgani haqida xabar berilgandi.