Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sitsiliyada 2017 yilgi G7 sammiti bo‘lib o‘tadi
2017 yilda Italiya raislik qiluvchi "Katta yettilik" (G7) sammiti Sitsiliya orolida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi ma'lum qildi.
"Bu yili raislik qiluvchi Yaponiya kun tartibiga kiritgan ko‘plab mavzular 2017 yil Sitsiliyada uchrashuv tashkil etadigan Italiyaga o‘tishi kutilmoqda", deb ma'lum qildi Rentsi.
E'tiborlisi, Rentsi sammitni o‘tkazish joyini Yaponiyaga ketayotganda e'lon qildi. Rentsi shu bilan birga bu xabarni Sibirdan yuborayotganini aytgan.
"Men sizga Yaponiyadagi G7 sammitiga ketayotganda yo‘lda yozmoqdaman. Aniqrog‘i bu xabar sizga Sibirdan yuborildi, biz bu yerda texnik to‘xtash qildik", deb yozdi Rentsi.
Yaponiyadagi sammit 26-27 may kunlari bo‘lib etadi.