Fan-texnika | 19:31 / 25.05.2016
3769
1 daqiqa o‘qiladi

Stylus Tough: Olympus’ning birinchi ekshn-kamerasi

Yaponiyaning fototexnikalar chiqaruvchi Olympus kompaniyasi ekstremal sport turini sevuvchilar uchun Stylus Tough TG-Tracker ekshn-kamerasini sinovdan o‘tkazdi. Apparat 30 metr chuqurlikda ham, -10 daraja sovuqlikda ham va ustiga kelib tushgan 100 kg.gacha bo‘lgan tosh yoki buyumlarga ham dosh bera oladi.

Fotoappartning GoPro va boshqa ekshn-kamerlardan farqi shundaki, Stylus Tough’ga tashqaridan qo‘yiladigan ortiqcha aksessuarlar shart emas. Bularning bari unda mujassam. Uning og‘irligi 180 grammni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, GoPro Silver kamerasining 145 g.ni tashkil etadi.

Stylus Tough TG-Tracker kamerasining sotuvi keyingi oydan boshlanishi kutilmoqda. AQShda Olympus 350 dollarga baholangan.