Jahon | 15:18 / 25.05.2016
2786
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya sudi Assanjni hibsga olish to‘g‘risida bergan orderini bekor qilmadi

Shvetsiya sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni hibsga olish to‘g‘risida bergan orderini bekor qilishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Okrug sudi bayonotida aytilishicha, «Assanjni jinsiy tajovuzda, shuningdek, hozir bo‘lib turgan mamlakatini tark etishi yoki qandaydir usul bilan sud ta'qibi va jazosidan qutilib qolishi borasida gumon qilish uchun asos bor, deb hisoblaydi», — deyiladi sud bayonotida. 

44 yoshli Assanj 2010 yili jinsiy tajovuz jinoyatini sodir etganlik bo‘yicha so‘roq qilinishi uchun Shvetsiya hukumati tomonidan qidirilmoqda. WikiLeaks asoschisi esa, bu ayblovlarni rad etmoqda. 

U Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishidan qochib, Ekvadordan siyosiy boshpana olish yo‘li bilan Londondagi elchixonasiga berkingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish