Jahon | 19:20 / 25.05.2016
5690
1 daqiqa o‘qiladi

"Tolibon" Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

"Tolibon" harakatining yangi yetakchisi Mulavi Haybatulla Oxunzoda Afg‘oniston hukumati bilan sulh tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlashga rozilik bermadi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy tolibonlarga qurollarni tashlab tinch hayotga qaytish taklifini bergandi.

Bugun "Tolibon" jangarilari yetakchilari mulla Mansurning 21 may kuni AQSh harbiylari tomonidan Pokiston hududida o‘ldirilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Uning o‘rniga Haybatulla Oxunzoda tashkilotning yangi yetakchisiga aylandi.