Jamiyat | 16:10 / 25.05.2016
6444
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Shota Rustavelining 850 yilligi nishonlandi

24 may kuni Toshkent shahrida joylashgan mashhur gruzin shoiri Shota Rustavelining 850 yilligi nishonlandi va shu maqsadda shiorning poytaxtdagi haykali poyida tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Turkiston-press” xabar bermoqda. 

“Shota Rustaveli — nafaqat gruzin balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilgan shoirdir”, — dedi tadbirda qatnashgan Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Jgenti.

“U o‘z ijodida butun zamon va millatlar uchun qadrli bo‘lgan do‘stlik, sevgi, insonparvarlik, odamlar bilan haqiqiy munosabatda bo‘lish haqida to‘xtalib o‘tadi”.

Gruziya diasporasi vakillari shoir qalamiga mansub “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” she'ridan uch tilda — gruzin, o‘zbek va rus tillarida parchalar o‘qishdi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.