Jahon | 00:21 / 25.05.2016
4633
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sharqidagi portlash oqibatida 4 nafar harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada portlash oqibatida 4 nafar harbiy halok bo‘ldi, yana 4 nafar askar yaralandi. Bu haqda 24 mayda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

Turk tomonining ma'lum qilishicha, askarlar Turkiyaning janubi-sharqidagi Van viloyatidagi yo‘llardan birini nazorat qilishayotganda yo‘l chetiga qo‘yilgan bomba portlagan. Ushbu terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmagan. Biroq Anqara bu teraktni amalga oshirganlikda Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) jangarilarini aybladi.

Turkiya janubi-sharqida turk kuch bo‘linmalari va KIP isyonchilari o‘rtasida muntazam ravishda to‘qnashuvlar sodir bo‘ladi. Kurdlar Anqara va KIP o‘rtasidagi yarashuv sulhi 2015 yil iyulida  buzilgandan keyin partizan urushini olib borishni boshlagan. Partiya jangarilari muntazam ravishda Sharqiy Anatoliya hududida, turk armiyasi askarlari, politsiya va mahalliy militsiya tuzilmalariga hujum qilib keladi hamda katta shaharlarda teraktlar uyushtiradi.