13:49 / 25.05.2016
5340

Uralda 92 yoshli veteranni urgani uchun tibbiyot xodimiga hukm o‘qildi

Rossiya Bosh prokuraturasi rasmiy vakili  Aleksandr Kurennoy sud 92 yoshli Ikkinchi jahon urushi qahramonini urgan Krasnoturin shahar shifoxonasi tibbiy xodimini 300 soatli jamoatchilik ishlariga mahkum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi

Tergov Gorbunovning ish joyida shaxsiy adovat tufayli keksa kishini urganligini aniqladi. 

"Sud Vladimir Gorbunovni 300 soatli jamoat ishlariga mahkum qildi. Sud ijrosi qonunan kuchga kirmadi", - dedi Kurennoy.

Bundan avval Sverdlovsk viloyati prokuraturasi Krasnoturin shahar shifoxonasida tan jarohati yetkazilgan veteranning turar joyga da'vogarlik masalasi bo‘yicha tekshiruv tashkillashtirilgani haqidagi xabar berilgandi.

Top