Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
27 may kuni Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, kuchli momaqaldiroq bo‘ladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, ayrim tumanlarda momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.