Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adel Portugaliyadagi konserti vaqtida o‘z qo‘shig‘i so‘zlarini unutib qo‘ydi
Britaniyalik xonanda Adel Portugaliyaning Lissabon shahridagi konsert chog‘ida o‘z qo‘shig‘i so‘zlarini unutib qo‘ydi, deb xabar beradi The Mirror.
Xonanda Million Years Ago taronasini kuylayotgan mahal uning matnini yoddan chiqardi.
"Bunday kutilmagan vaziyatda san'atkor vahimaga tushib, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin edi, biroq Adel o‘zini professionaldek tutdi", deya qayd etadi gazeta.
Xonanda kulganicha, o‘z musiqachilarini to‘xtatdi va senzura talablariga javob bermagan holda xatosini izohlay ketdi.
"Men avvaliga naqorat o‘rniga kupletni aytib yubordim. Meni kechiringlar", — deya izohladi Adel.
Nashrning yozishicha, xonanda bu holatda uzr so‘ramasa ham bo‘lar edi, chunki tomoshabinlar uning xatosini to‘g‘ri qabul qilishdi.
Bu Adelning qo‘shiq so‘zlarini birinchi marotaba unutib qo‘yishi emas. Shunga o‘xshash voqea 2011 yili Bostonda ham sodir bo‘lgan.