Jahon | 14:33 / 26.05.2016
4155
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya bosh vaziri G7 rahbarlariga o‘zi boshqariluvchi avtomobillarni namoyish etdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe "katta yettilik" mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlariga, Ise-Sima sammiti doirasida mustaqil yura oladigan avtomobillarni namoyish etdi.
G7ning ayrim rahbarlari 2020 yil Tokio Olimpiadasida paydo bo‘lishi kutilayotgan avtomobillarda sayr ham qilishgan.
Sammit tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, Bosh vazirning ta'biri bilan aytganda, bu kabi avtomobillar kelajakda yo‘l-transport hodisalari sonini qisqartirish va keksa yoshli kishilarning avtomobil boshqaruvini yanada xavfsiz qilishda yordam beradi.