Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» prezidenti: Biz finalda jinoiy yo‘l bilan bo‘lsada «Real»ni yengishimiz kerak
Madridning «Atletiko» jamoasi prezidenti Enrike Sereso jamoasining YeChL finalida «Real»ni mag‘lubiyatga uchratishini barchadan ko‘proq istamoqda.
Seresoning qayd etishicha, Diyego Simeone shogirdlarining g‘alabasi bahosi juda yuqori bo‘ladi.
«Agar biz Yevropa chempionlar ligasini yuta olmasak bu ulkan muvaffaqiyatsizlik sanalmaydi, lekin barcha xafa bo‘ladi. Shuning uchun, biz «Real»ni albatta yengishimiz kerak, xoh sivilizatsiya odamlari kabi, xoh jinoyat yo‘li bilan», — deya Seresoning so‘zlarini keltiradi Marca.
Madridning bu ikki jamoasi o‘rtasidagi bahs 28 may kuni Milandagi «San-Siro» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.