Jamiyat | 16:10 / 26.05.2016
2321
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada uysizlarni himoya qilib uyushtirilgan namoyishlarda 11 kishi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona shahrida 3 kundan buyon uysizlarni himoya qilib uyushtirilgan namoyishlar o‘tkazilmoqda.

Shahardagi Banc Expropiat bankining tashlandiq binosida 2011 yildan buyon yashab kelayotgan uysizlarni chiqarib yuborish harakatlariga qarshi boshlangan namoyishlarda 1000 nafardan ortiq kishi qatnashgan.

El Mundo nashri xabar berishicha, 26 mayga o‘tar kechasi o‘tkazilgan namoyish natijasida avvalgilaridan farqli ravishda 11 kishi jarohatlangan, ular orasida politsiyachilar va jurnalistlar ham bor. Politsiyachilar namoyishchilarni Revolyusio de Grasiya maydoniga kiritmaganida, ular shisha idishlar va toshlar uloqtirishgan, chiqindi idishlari va g‘ildiraklarni yoqishgan hamda ko‘chada barrikadalar qurishgan.

Bundan oldin ham Barselonada shunday namoyishlar o‘tkazilgan, 2014 yili «Kan Viyes»ning eski binosida yashovchi uysizlar quvg‘in qilinganida aholining norozi vakillari ko‘chalarga chiqqandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish