Fan-texnika | 19:29 / 26.05.2016
6152
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda birinchi robot-telefon savdosi boshlandi

Yaponiyada raqsga tusha oladigan va suhbatlashadigan dunyodagi birinchi robot-telefon «RoBoFon» sotilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

Qayd etilishicha, savdoning birinchi kunida, buyurtma bo‘yicha keltirilgan ming dona telefon egalariga yetkizilgan. 

«RoBoFon» smartfonning barcha vazifalarini bajara oladi, ammo u ko‘rinishi insonga o‘xshab ketuvchi robot hisoblanadi. U, yura oladi, qo‘shiq kuylaydi, gaplashish va boshqa harakatlarni ham bajara oladi. 

«RoBoFon» 1800 dollar turishiga qaramay, ishlab chiqaruvchi talabning bir me'yorda bo‘lishini va oyiga 5 minggacha qurilmasini sotishni taxmin qilmoqda.