Sport | 11:04 / 26.05.2016
5501
1 daqiqa o‘qiladi
Xorazmda og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida mezbonlar g‘olib bo‘ldi
Xorazm viloyati 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Turnirda yigit va qiz sportchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ushbu turnirda Nankin Olimpiadasining kumush medal sohibi Farhod Sobirov, ikki karra Osiyo kubogi g‘olibi Azamat Sharipov, Nankin Olimpiadasi ishtirokchisi Komila Abdullayeva, Osiyo kubogi sovrindori Dina Tojiyeva kabi mahoratli atletlar g‘oliblik uchun kurashishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yigitlar va qizlar o‘rtasida ham mezbon viloyat jamoasi yaqqol peshqadam bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar:
1. Xorazm viloyati.
2. Toshkent viloyati.
3. Samarqand viloyati.
Qiz bolalar:
1. Xorazm viloyati.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
3. Andijon viloyati.