19:55 / 26.05.2016
4890

Ibrahimovich: Mourinoning «Manchester Yunayted»ga tayinlanishi oqilona qaror

«PSJ» jamoasi safini mavsum yakuniga ko‘ra tark etuvchi va ko‘p ehtimol bilan «MYu» safiga erkin agent maqomida borib qo‘shilishi kutilayotgan Zlatan Ibrahimovich Joze Mourinoning «MYu»ga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Ajoyib qaror. Kimdir olg‘a harakatlanmoqchi bo‘lsa, Mourino bilan bo‘lishi kerak. Bu murabbiy jamoani yuqori cho‘qqilarga olib chiqadi. Joze qayerda bo‘lsa, omad  bilan», — deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi Goal.

Avvalroq 53 yoshli portugaliyalik murabbiyning agenti Jorjye Mendesh 24 may kuni «MYu» rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Londonga tashrif buyurgani ma'lum bo‘lgandi. Jamoa Joze Mourino boshqa klublarning taklifini qabul qilmasligi uchun unga 4 million funt sterlingni oldindan to‘lagani ta'kidlanmoqda.

Joze Mourino «Manchester Yunayted» bilan shartnomani 27 may kuni imzolashi kutilmoqda.

Turli manbalarda portugaliyalik mutaxassis o‘zining yangi jamoasida shvetsiyalik bu futbolchini ko‘rishni istashi haqida ham xabarlar tarqalgandi.

Top