Jamiyat | 22:46 / 26.05.2016
5177
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada 200 ming yevrolik fil tishlari partiyasi musodara qilindi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi narxi 200 ming yevroga baholangan fil dandon tishlari partiyasini musodara qildi. 

Politsiya ma'lum qilishicha, 744 kg lik, 74 ta dandon tishdan iborat partiya aprelda Madriddan janubda joylashgan Kolmenar-de-Orexa munitsipalitetida aniqlangan. Frans Press agentligining ta'kidlashicha, tishlar egasi 1970 yilda Mozambikda berilgan qalbaki ov qilishga litsenziyadan foydalanib, tishlarni sotmoqchi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, tishlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan Afrika fillari turidan biriga tegishli bo‘lgan. 

Erkakka hujjatlarni qalbakalashtirish, kontrabanda va yovvoyi tabiatga xavf tug‘dirish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Fil dandon tishi – turli hashamat buyumlarini yaratishda qimmatli material hisoblanadi. Fil suyagini xalqaro miqyosda sotishga taqiqlov 1989 yilda kiritilgan. 2002 yilda BMT fil tishi bilan savdo qilishga qisman ruxsat bergan. Bir nechta davlatgina bu tishlardan muayyan belgilangan miqdorda sotishi mumkin bo‘lgan. 2004 yilda BMT bir nechta Afrika davlatlari iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy hukumatning qat'iy nazorati ostida taqiqlovni yanada yumshatishga majbur bo‘lgan. Biroq bu shartga amal qilinmaganli sababli fil tishini sotish 2006 yilda yana to‘xtatib qo‘yilgan..

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish