Kia Rio aprel oyida Moskva avtobozorining yetakchisi bo‘ldi
Joriy yilning aprel oyida Rossiya poytaxti avtomobil bozorida yetakchi o‘zgardi, deb xabar qilmoqda «Avtostat» tahliliy agentligi tadqiqot natijalariga tayangan holda.
Ekspertlarning ma'lumotlariga binoan, Kia Rio o‘tgan oyda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobil unvoniga ega bo‘lgan. U aprel oyida 1150 nafar mijozning e'tiborini qozongan. Bu 2015 yil apreli ko‘rsatkichidan 47,6 foizga ko‘p demakdir.
Bu borada avvalgi yetakchi Hyundai Solaris 1095 dona sotilishi bilan ikkinchi o‘ringa tushgan. (–17,8 foiz). Reytingda sharafli uchinchi o‘rinni Skoda Octavia 637 dona mashina (+16,5 foiz) bilan egallagan. Undan so‘ng, Volkswagen Polo (581 dona; +8,4 foiz) va Kia Cee'd (553 dona; +36,2 foiz) modellari moskvalik avtoishqibozlarning ishonchiga sazovor bo‘la olgan.
Moskva avtomobil bozori o‘nligiga, shuningdek, Renault Duster (494 dona; –3 foiz), Skoda Rapid (486 dona; +6,4 foiz), Toyota Camry (485 dona; +6,4 foiz), Nissan X-Trail (472 dona; +15,7 foiz) va Toyota RAV4 (405 dona; +27,4 foiz) ham kirgan.
Qayd etilishicha, Rossiya poytaxti avtobozori hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,7 foizga pasayib, 2016 yil aprel oyida qariyb 19 ming dona avtomobil xarid qilingan.