Jahon | 15:05 / 26.05.2016
3155
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada portlash ro‘y bergani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Misr fuqarolik mudofaasi boshqarmasi mamlakat poytaxti Qohira shahrining Giza tumanida 26 may kuni tongida portlash yuz bergani haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

"Shaharning bu hududida vaziyat bir maromida. Hech qanday portlash bo‘lmagan", deya xabar qilingan TASS saytida.

Bundan oldinroq, Qohirada portlash sodir etilgani, uning tafsilotlari haqida ma'lumotlar yo‘qligi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish