Jamiyat | 17:20 / 26.05.2016
5547
1 daqiqa o‘qiladi
Qrim politsiyasi 20 nafar o‘zbekistonlikni noqonuniy muhojirlar sifatida hibsga oldi
Qrim huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekistonning 20 nafar fuqarosini noqonuniy muhojirlar sifatida qo‘lga oldi. Bu haqda Qrim prokurori Natalya Poklonskaya ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Simferopolda aksilterror qidiruvlar doirasida o‘zbekistonlik 20 kishi migatsiya qonunchiligiga amal qilmagani uchun qo‘lga olingan. Ayni vaqtda ular qalbaki hujjatlari tufayli politsiya mahkamasida bo‘lib turibdi.
Aniqlik kiritilishicha, RF JKning 322.1 moddasi ("Noqonuniy migratsiya tashkil qilish") bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.