Sport | 09:25 / 26.05.2016
4162
1 daqiqa o‘qiladi
«Manchester Yunayted» futbolchisi Kosovo terma jamoasi uchun o‘ynamoqchi
«Manchester Yunayted»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay Kosovo terma jamoasi uchun o‘ynash istagini bildirdi. Bu haqda «Chempionat.com» nashri Kosovo futbol federatsiyasi bosh kotibi Erol Solihga asoslangan holda xabar tarqatdi.
21 yoshli ushbu futbolchi kelib chiqishiga ko‘ra kosovolik alban hisoblanadi, Belgiya terma jamoasida o‘ynashga ulgurgan. Qayd etish kerakki, qoidalarga ko‘ra, boshqa terma jamoa safida maydonga tushishga ulgurgan futbolchining boshqa terma jamoada o‘ynashi mumkin emas.
Futbolchining Kosovo terma jamoasi safida o‘ynash istagi bu mamlakat futbol federatsiyasining FIFA va UYeFA tarkibiga qabul qilinganidan keyin bildirildi. Belgiyadagilar futbolchining rejalariga xalaqit qilmasliklarini aytishgan.