21:12 / 26.05.2016
4695

«Manchester Yunayted» Saul uchun 71 million yevro to‘lashga tayyor

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi Saul Ngesni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarni boshlagan.

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» futbolchi uchun 71 million yevro to‘lashga rozi bo‘lishgan. 

Xabar qilinishicha, mazkur futbolchining transfer huquqi Joze Mourinoning agenti Jorjye Mendeshning firmasiga tegishli hisoblanadi. Yaqin vaqt ichida manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi sifatida tayinlanishi kutilayotgan Mourino ispaniyalik bu 21 yoshli futbolchiga shaxsan qiziqish bildirgan.

18 may kuni Saul «Atletiko» bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirgandi. Yangilangan shartnomaga ko‘ra, futbolchining haftalik maoshi 105 ming yevro, transfer qiymati esa 71 million yevro etib belgilangan. Inglizlar jamoasi va ispaniyalik futbolchi bilan muzokaralar YeChL finalidan keyin boshlanishi kutilmoqda.

Saul yakunlangan mavsumda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan va 4ta golli uzatma bergan.

Top