Jahon | 10:01 / 26.05.2016
3124
1 daqiqa o‘qiladi
McDonald'sning Chikagodagi bosh qarorgohi xodimlarning noroziligi tufayli yopildi
Amerikaning tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i McDonald's, kompaniya ishchilarining noroziligi tufayli, Chikagodagi bosh qarorgohini vaqtincha yopishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Xabarlarga ko‘ra, xizmatchilar soatiga 15 dollar bo‘lgan minimal maoshni ko‘tarishni talab qilishmoqda. Ular, bosh qarorgoh oldiga palatkalar o‘rnatishib, norozilik namoyishlarini 26 may kuni davom ettirish niyatida.
Kompaniya rasmiy vakili Liza Makkombning ma'lum qilishicha, «xodimlarga uyidan turib ishlash taklif etilgan. Ularning aksariyati bu imkoniyatdan foydalanishgan».
McDonald's aksionerlari yig‘ilishi 26 may kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq, o‘n minglab kishilar majlisning ko‘tarinki ruhda o‘tishiga imkon bermasligi aniq.