Jamiyat | 15:20 / 26.05.2016
13000
3 daqiqa o‘qiladi

3 yoshli Henri oshqozonidan shikoyat qilgach, bir necha soat ichida hayotdan ko‘z yumdi

3 yoshli Henri Volter (Henry Walter), otasining quvnoq bolakayi, shu yilning fevral oyida to‘satdan kasal bo‘lib, bir necha soatlar ichida olamdan ko‘z yumdi.

Maktabgacha tarbiya muassasasidan qaytgan bolakay, onasi va opasi bilan kunni o‘tkazgan. Ammo, oradan bir kun ham o‘tmasdan, ota-onasi va opasi u bilan vidolashishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Henri meningitga olib kelgan noyob virusni yuqtirib olgan. 

Onasi Viki (Vicky) uni uxlatishga yotqizganidan ko‘p o‘tmay, Henri qorni og‘riyotganidan shikoyat qilib, onasini uyg‘otgan. Viki Calpol hapdorisini berganiga qaramay, uning ahvoli yomonlashgan. 

Tonggi beshlarda Mark (Mark) tez yordamni chaqirishga majbur bo‘lganini hikoya qiladi. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlarda aniqlanishicha, Henri kam uchraydigan Haemophilus Influenzae Type F bakterial infeksiyasini yuqtirgan, u o‘z navbatida meningit (meningitis)ga olib kelgan. Bu bakteriya inson tanasida toshmalar toshtirmaydi. Bundan tashqari, infeksiya tayoqchalari meningitga qarshi asosiy vaksinalar MenB va Hib jabga chidamli hisoblanadi. 

Markning aytishicha, meningitga qarshi emlanish, uni keltirib chiqaruvchi boshqa virus yoki bakteriyani yuqtirmaslikni anglatmaydi. Shuning uchun ham, bunday hollarda tanaga toshma toshishini kutib o‘tirmaslik kerak, deydi Mark afsus bilan. Endilikda, Henri oilasi, meningitga qarshi kurashga mablag‘ yig‘ish uchun xayriya yig‘ilishlarini tashkil etmoqda. 

Meningit xastaligi haqida

Meningit - bosh va orqa miya himoya qobiqlari-membranalarini zararlovchi infeksiya natijasida vujudga keladigan kasallik bo‘lib, uni virus yoki bakteriya keltirib chiqarishi mumkin. 

Chaqaloqlar va yosh bolalar bakterial meningitni yuqtirib olishlari mumkin bo‘lgan toifa hisoblanadi. Kasallikning bu turi virusli meningitga ko‘ra xavfliroq hisoblanadi. U birdaniga boshlanib, tez rivojlanishi bilan tahdidlidir. 

Uning, oyoq va qo‘llarning sovuqligi bilan kuzatiladigan yuqori tana harorati, qayt qilish, ishtahaning yo‘qolishi, uyqusirash, holsizlik va hansirash, tanada  qizil toshmalar paydo bo‘lishi va teri rangining o‘zgarishi kabi alomatlari mavjud. 

Virusli meningitni esa, ko‘pchilik yengil shamollash bilan adashtirib yuborishlari mumkin. Chunki, uning asosiy alomatlari shamollashga o‘xshab ketadi. Bosh og‘rig‘i, tumov va umumiy holsizlik o‘zini yaxshi his qilmaslik. 
Bundan tashqari, mushak va bo‘g‘inlardagi og‘riqlar, og‘iz qurushi va qayt qilish, ich ketish hamda yorug‘likni suymaslik kabi alomatlari ham uchrab turadi. 

Bakterial meningitdan farqli o‘laroq, virusli meningit odatda qonning zaharlanishiga olib kelmaydi.