Jahon | 16:01 / 26.05.2016
4005
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada yoz oylarida deyarli 140 arava muzqaymoq paydo bo‘ladi

Moskva shahrida muzqaymoqqa mo‘ljallangan 138ta harakatlanuvchi savdo obektlari (aravalar) sotuvga qo‘yildi. Bu haqida "Interfaks" agentligiga raqobat siyosati boshqarmasi rahbari Gennadiy Degtev ma'lum qildi. 

"Shahar chakana mavsumiy savdoning yangicha formatini taklif qilmoqda. Lotlarning yuqori bo‘lmagan boshlang‘ich narxi - 2,5 ming rubldan - kichik biznes vakillariga raqobatli kurashda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga izn beradi", - dedi Degtev.

Kimoshdi savdosi g‘olibga aravadan foydalanish va besh yil muddatga mavsumiy rejimda savdo qilish huquqini beradi. Savdoga qo‘yilgan obektlarning aksariyati (63 lot) Markaziy ma'muriyat okrugiga yo‘naltirilgan. 

Eng kam boshlang‘ich qiymatli obektlar Troitsk, Zelenograd va Yangi Moskvada taklif etilmoqda. Bu yerlarda aravalarning boshlang‘ich narxi 2,5 va 3 ming rublni tashkil etadi. 

"Muzqaymoq" aravalarining boshqa ma'muriy hududlardagi bahosi esa - 3750 rubldan 12,5 ming rublgacha.  

Arava harakatlanuvchi tuzilmaga ega -g‘ildirakdagi korpuslar tentli - hajmi 2,5 kvadrat metr. Og‘irligi - 176 kilogramm. 

Aravani boshqarish uchun unga 40 millimetr diametrga ega ushlagichlar hamda pnevmatik g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish