Fan-texnika | 10:18 / 26.05.2016
3703
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Apple’ning Xitoydagi yetkazib beruvchisi 60 ming ishchi o‘rnini robotlarga almashtirdi

Apple buyurtmalarini bajaruvchi Hon Hai kompaniyasi (Foxconn Technology Group sifatida ham taniqli) 25 may kuni 60 ming nafar ishichisi o‘rnini robotlarga almashtirdi. Bu qadam uzoq loyihalarni amalga oshirish uchun xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini yaxshilash, shuningdek, Apple’ga bog‘liq holda amalga oshirildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Gap Tszyansu provinsiyasidagi Kunshan zavodi haqida ketyapti. Zavodda 110 ming kishi mehnat qilardi, endilikda ular soni 50 ming nafarga tushdi. Telekanalning bayonot berishicha, bu tadbirlar provinsiyada joylashgan 600 ta yuqori texnologik firmalarda qo‘llash rejalashtirilgan. O‘tgan yilda bu yerdan 51 mln noutbuk va 20 mln smartfon ishlab chiqarilgan.