Iqtisodiyot | 11:34 / 26.05.2016
3845
1 daqiqa o‘qiladi
Osiyo taraqqiyot banki Qozog‘istonning 3,7 mlrd dollarlik loyihalarini moliyalashtirdi
2016 yil 24 may kuni Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri Baxit Sultonov Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Venchay Jang bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Respublika moliya vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, muloqot chog‘ida o‘tgan yilgi natijalar sarhisob qilinib, ishlab chiqilayotgan hamkorlik dasturiga muvofiq kelgusi istiqbollar muhokama etilgan.
Bunda asosiy e'tibor, transport infratuzilmalarini rivojlantirish, energetika, kichik va o‘rta biznesga kreditlar taqdim etish masalalariga qaratilgan.
Xabar qilinishicha, Qozog‘iston OTB bilan 15 yildan ortiq muddat davomida muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Shu yillar mobaynida, bank tomonidan mamlakatning turli sohalarida 3,7 mlrd dollarlik loyiha va dasturlar moliyalashtirilgan.