Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Palmirada IShID qurbonlari dafn etilgan ommaviy qabr topildi
Suriya armiyasi bo‘linmalari Palmira tarixiy-arxeologik majmuasi yaqinida tinch aholining o‘nlab vakillari jasadlari ko‘milgan ommaviy qabrni aniqladi. Marhumlar hudud IShID tomonidan egallab olingan vaqtda jangarilar tomonidan o‘ldirilgan. Bu haqda SANA agentligi xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, qabrdan 31 kishining jasadi topilgan, ularning barchasi jangarilar tomonidan qiynoqlar oqibatida halok bo‘lgan. Ular orasida ayollar va bolalar jasadlari bor. Ba'zi jasadlar boshsiz dafn qilingan.
1 aprel kuni Suriyaning Tadmor shahri shimoli-sharqidagi Al-Jaxiziya mavzesida jangarilardan jafo chekkan aholi vakillari ko‘milgan ommaviy qabr aniqlangan, bu qabrdan 40 kishining jasadi topilgandi.
Palmira shahri mart oyi oxirida ozod etilgan. Shundan so‘ng shaharni minalardan tozalash ishlari olib borilgan, bu ishlar 21 aprel kuni yakunlangan.
Yil davomida Iroqning jangarilardan ozod etilgan Sinjor va Ramadi shaharlarida ham ommaviy qabrlar topilgandi.