Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya musulmonlari may oyi oxirida butun mamlakat bo‘ylab donorlik aksiyasi o‘tkazadilar
Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan "Zakot" xayriya jamg‘armasi ko‘magida 28 may kuni Butunrossiya donorlik aksiyasi o‘tkaziladi hamda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlanadi, deb xabar berildi Moskva musulmonlar diniy boshqarmasida RIA “Novosti” axborot agentligiga.
Kelayotgan juma namozida masjidlarda imomlar ibodat qiluvchilarni donorlik aksiyasiga jalb qilish maqsadida u haqda ma'lumot beradilar.
"Tadbir Moskvada qon quyish stansiyasida boshlanadi, so‘ngra Rossiyaning yirik shaharlari va viloyatlarida davom etadi. Tashkilotchilar barchani tadbirda ishtirok etishga taklif qiladi, chunki tibbiy ehtiyojlar uchun yetarlicha qon bilan ta'minlashga mamlakatda 1000 kishiga kamida 40 nafar donor bo‘lishi kerak. Rossiyada bu boradagi o‘rtacha ko‘rsatkich 1000 kishiga 14 donorni tashkil qilmoqda. Nazariy jihatdan aholining 10-15 foizi donor bo‘lishi mumkin, biroq haqiqatda qon topshiruvchilar o‘nlab marotaba kamroqdir", deyilmoqda xabarda.
Donorlik aksiyasining vazifalari "yoshlar o‘rtasida qon donorligini ommalashtirish, donorlik yo‘nalishi doirasida volontyorlik faoliyatini faollashtirish" hamda "jamoatchilik e'tiborini ushbu mavzuga jalb qilish"dan iborat. Ma'lum qilinishicha, bu aksiya ikkinchi marotaba o‘tkaziladi.