Jahon | 09:34 / 26.05.2016
6807
1 daqiqa o‘qiladi

Samanta Pauer AQSh Rossiyaga bosim o‘tkazishda davom etishini aytdi

AQShning BMTdagi vakili Samanta Pauer ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning ozod etilishidan keyin ham AQSh Rossiyaga Minsk kelishuvlarining bajarilishi bo‘yicha bosim o‘tkazishda davom etishi haqida aytib o‘tdi.

AQSh vakili Savchenko uchun "dahshatli tushning tugagani" va u oilasi bag‘riga qaytganini ma'qullagan hamda "Oleg Sentsov va Aleksandr Kolchenko hamon Rossiya zulmi ostida qolayotganini" ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, Poroshenko Donbass va Qrimni qaytarib olishga va'da bergan, shuningdek rejissyor Oleg Sentsov hamda Rossiyada tutib turilgan boshqa Ukraina fuqarolarini ozodlikka chiqarish yo‘lidagi harakatni davom ettirishini aytib o‘tgandi.