Starrij jarohat olib, Yevropa chempionatidagi ishtirokini shubha ostida qoldirdi
«Liverpul» jamoasi hujumchisi Deniyel Starrij Angliya terma jamoasi safidagi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat oldi. Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi oyoq mushaklaridagi og‘riqdan shikoyat qilgan va u nafaqt Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini, balki Fransiya maydonlarida o‘tkaziladigan Yevropa chempionatini ham o‘tkazib yuborish xafi ostida qolgan.
Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, ammo uning jarohatidan qancha vaqtda tiklanishiga aniqlik kiritilmagan. Agar Starrij jarohatidan Yevro-2016 turnirigacha tuzala olmasa, turnirda uning o‘rniga «Manchester Yunayted» jamoasining yosh futbolchisi Markus Rashford o‘ynashi mumkin.
Angliya terma jamoasi 10 iyul kuni boshlanadigan Yevro-2016 turnirida "V" guruhida Uels, Rossiya va Slovakiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.