Sport | 20:08 / 26.05.2016
7010
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda shaxmat bo‘yicha XV Osiyo chempionati boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Osiyo shaxmat federatsiyasi hamda mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur chempionatda yigirmadan ortiq davlatdan ikki yuzga yaqin shaxmatchi o‘zaro bahslashmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat musobaqada O‘zbekiston sharafini Rustam Qosimjonov, Marat Jumayev, Jahongir Vohidov, Temur Igonin, Nodirbek Yoqubov, Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Mehriddin Yo‘ldoshev, Muzaffarjon Eminjonov, Akmal Fayzullayev, Gulruhbegim Tohirjonova, Nodira Nodirjonova, Bahora Abdusattorova, Sitora Saparova kabi iqtidor egalari himoya qilmoqda.