Jamiyat | 11:30 / 26.05.2016
4868
1 daqiqa o‘qiladi

Uilyam Shekspirning asarlar to‘plami auksionda 3,6 mln AQSh dollariga sotildi

Uilyam Shekspirning birinchi bosilib chiqqan asarlar to‘plami Christie's auksionida deyarli 3,6 mln AQSh dollariga sotildi. Bu haqda auksion uyining saytida ma'lum qilingan.

Auktsion Shekspir vafotining 400 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan.

Birinchi va kam uchrovchi asarlar to‘plami 1623 yilda bosilib chiqqan bo‘lib, unda 36 ta pesa bor. Ulardan 18 tasi ilgari chiqmagan. Avvaliga nashr 1,1-1,7 mln dollarga baholandi va yakunda 2,7 mln dollarga sotildi. 1632, 1664 va 1685 yillarda chiqqan uchta kichik asarlar esa 281,6 ming, 524,9 ming va 68,8 ming dollarga sotilgan.


The Daily Mail gazetasining yozishicha, barcha lotlar ismini oshkor etilmagan amerikalik kolleksioner tomonidan sotib olingan.