Jamiyat | 22:21 / 26.05.2016
23819
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 1941-1945 yillardagi urushda qatnashgan o‘zbek askarining jasadi qoldiqlari topildi

UZ24 sayti tahririyatiga Ukrainadagi Kazatin shahri tarix muzeyi direktori nomidan xat keldi.

Unda aytilishicha, muzey xodimlari 1941-1945 yillardagi urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning jasadi qoldiqlarini topishgan. O‘zbekistonlik askar 1943-1944 yillarda Ukrainaning Vinnitsa viloyatini fashistlardan ozod qilish uchun olib borilgan janglar vaqtida halok bo‘lgan.

Muzey direktori Lilii Makarevichning so‘zlariga ko‘ra, u 1921 yoki 1922 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan, ismi Muso yoki Musollo Qo‘ziyev bo‘lgan. Askar halok bo‘lgan joydan topilgan uning hujjatlaridagi ism-familiyani aniq o‘qishning iloji bo‘lmagan.

Askar taxminan 1940 yillarda frontga chaqirilgan.

Muzey direktori askarning dafn etilgan joyi haqida xabar berish uchun uning yaqinlarini izlab topishga yordam berishni so‘radi.

UZ24 vakili Toshkent shahridagi Xotira maydoniga borib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar ro‘yxatidan askarning ism-familiyasiga mos keladigan nomlarni qidirib topgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish