Huquq himoyachilari Britaniya kompaniyalarini bolalar tergan tamakidan foydalanishda gumon qilishmoqda
Buyuk Britaniyaning yirik tamaki kompaniyalari Imperial Tobacco va British American Tobacco o‘z mahsulotlarini ishlab chiqishda bolalar vositasida terilgan tamakidan ham foydalanadi, deb yozmoqda The Independent nashri Human Rights Watch tashkiloti taqdim etgan ma'lumotlarga asoslangan holda.
Xabar qilinishicha, ikkala kompaniya ham, tamaki dalalarida voyaga yetmagan bolalar ishlaydigan va bolalar mehnatidan foydalanmaganiga kafolat bera olmaydigan Indoneziyadan tamaki xarid qiladi.
Philip Morris International va boshqa yana 4 yirik tamaki kompaniyalari ham huquq himoyachilari hisobotida qayd etilgan.
Human Rights Watch’ning bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilining so‘zlariga ko‘ra, tamaki sanoati, kim qanday yo‘l bilan tamaki yetishtirayotganini biladigan darajaga chiqishi lozim.
Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, sakkiz yoshdan katta yuzlab bolalar pestitsidlar qo‘llash va tamaki barglarini qo‘lda terish bilan o‘z salomatliklarini xavf ostiga qo‘yishmoqda. Ularning aksariyatida, "yashil tamaki sindromi" va nikotin bilan bog‘liq boshqa kasalliklar aniqlangan.