Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Turkiyadan soxta valyutalarni olib kirish yo‘lga qo‘yilgan kanal fosh qilindi
Andijon viloyati prokuratura xodimlari tomonidan O‘zbekiston hududiga Turkiyadan soxta dollarlarni olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda "Novosti Uzbekistana" portali xabar tarqatgan.
O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, hozirda Turkiyada yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi Unsin Rahimova kurer (tashuvchi) orqali Namangan viloyatida yashovchi aka-ukalariga soxta dollarlarni yuborish bilan shug‘ullanib kelgan.
U shu vaqtgacha O‘zbekistonga jami 80 ming dollar miqdoridagi soxta mablag‘larni jo‘natishga ulgurgan va uning sheriklari soxta valyutalarni mahalliy bozorlarda kichik partiyalarga bo‘lib asl dollarlarga almashtirgan.
Jinoiy guruh a'zolaridan biri Andijon viloyati hududida militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingach bu tizim faoliyatiga chek qo‘yildi. Tez orada jinoiy guruhning boshqa a'zolari ham hibsga olindi. Jinoyatchilarning barchasiga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.